Uch vazifa bitta qurilmada
Qishda isitadi, yozda sovutadi, yil davomida issiq suv beradi. Alohida qozon, konditsioner va boyler kerak emas.

Bitta qurilma bilan isitish, sovutish va issiq suv. R290 va R32 xladagentli modellar, Full DC Inverter texnologiyasi va modelga qarab −38 °C gacha barqaror ishlash.

0+
Instagram obunachilari
0%
Energiya tejamkorligi
0 dB
Minimal shovqin darajasi
0 °C
Barqaror ishlash harorati
Issiqlik nasosi issiqlikni ishlab chiqarmaydi — uni havodan ko'chiradi. Shuning uchun sarflagan har 1 kVt elektr energiyasi 4–5 kVt issiqlikka aylanadi.
Qishda isitadi, yozda sovutadi, yil davomida issiq suv beradi. Alohida qozon, konditsioner va boyler kerak emas.
COP koeffitsienti 5.2 gacha: 1 kVt iste'mol qilib 5 kVt gacha issiqlik olasiz. Elektr qozonda bu ko'rsatkich har doim 1 ga teng.
Yonish jarayoni bo'lmagani uchun mo'ri, gaz quvuri va yong'in xavfi yo'q. R290 xladagentining global isitish potensiali atigi 3 ga teng.
Inverter kompressor quvvatni sozlaydi — keskin yoqilib-o'chish yo'q. Harorat telefon ilovasi orqali boshqariladi.
Uy uchun 12 kVt dan sanoat obyektlari uchun 210 kVt gacha. Har bir modelning to'liq texnik xususiyatlari.
01 / 05
12–34 kVt · Xususiy uylar va kvartiralar uchun
R290 va R32 xladagentli havo-suv issiqlik nasoslari. Isitish, sovutish va issiq suv ta'minoti — 12 kVt dan 34 kVt gacha quvvat oralig'ida. Issiq pol, radiator va fankoyl tizimlariga mos.
02 / 05
50–210 kVt · Biznes va yirik obyektlar uchun
Mehmonxona, savdo markazi, ishlab chiqarish va ko'p qavatli binolar uchun yuqori quvvatli havo-suv issiqlik nasoslari. Kaskad rejimi va 75 °C gacha yuqori haroratli suv.
03 / 05
210–320 L · Issiq suv uchun alohida yechim
Ichiga o'rnatilgan issiqlik nasosi bilan ishlaydigan suv isitkichlar. Oddiy elektr boylerga qaraganda 65% gacha kam elektr sarflaydi, COP 5.2 va sterilizatsiya rejimiga ega.
04 / 05
60–500 L · Tizim barqarorligi uchun
Zanglamas po'latdan (SUS304) tayyorlangan bufer baklar. Qurilmaning yoqilib-o'chish chastotasini kamaytiradi, xizmat muddatini uzaytiradi va tizimdan havoni avtomatik chiqaradi.
05 / 05
150–1000 L · Issiq suv zaxirasi
Bir yoki ikki zmeevikli duplex2205 po'lat boylerlar hamda 2v1 kombinatsiyalangan modellar. Issiqlik nasosi, quyosh kollektori va qozonni bitta tizimda birlashtirish imkonini beradi.






12–34 kVt
Xususiy uylar va kvartiralar uchun

50–210 kVt
Biznes va yirik obyektlar uchun

210–320 L
Issiq suv uchun alohida yechim

60–500 L
Tizim barqarorligi uchun

150–1000 L
Issiq suv zaxirasi
Har bir qurilma ichida yillar davomida sinovdan o'tgan yechimlar turadi.
R290 — tabiiy xladagent: ozon qatlamiga ta'siri nol (ODP = 0), global isitish potensiali atigi 3. R32 — GWP 675, ya'ni R410A dan uch barobar past, va −38 °C gacha sovuqda ishlaydi. Ikkalasi ham EN378 va F-Gas talablariga mos.
Kompressor, ventilator va suv nasosi — uchalasi ham inverterli. Tizim kerakli quvvatni uzluksiz sozlaydi, doimiy yoqilib-o'chish yo'q. Natijada energiya sarfi 30% dan ortiq kamayadi.
10 qatlamli shovqin bostirish tizimi va tabiiy aerodinamikadan ilhomlangan biomimetik ventilator. Shovqin darajasi 39 dB(A) dan boshlanadi — bu tungi kutubxonadagi sukunatga teng.
6 qatlamli antikorroziya qoplamasi xizmat muddatini 30% ga uzaytiradi (316 soatlik tuz tumani sinovidan o'tgan). Gidravlik ajratish, kompressor himoyasi, xladagent sizishi detektori va qizib ketishdan himoya.
Sertifikatlar: CB · CE · PED · ETL · MD · UKCA · RoHS
Simli kontroller, mobil ilova va IoT platformasi — uchtasi bitta ekotizimda ishlaydi.
Javobini topa olmadingizmi? Qo'ng'iroq qiling — muhandisimiz batafsil tushuntiradi.
Ha. R290 modellari −25 °C gacha, R32 modellari esa uy seriyasida −38 °C, sanoat seriyasida −35 °C gacha barqaror ishlaydi. Toshkent va viloyatlardagi eng sovuq kunlar ham bu diapazondan chiqmaydi, shuning uchun qo'shimcha isitish manbai talab qilinmaydi.
Issiqlik nasosi sarflagan 1 kVt elektrdan 4–5 kVt issiqlik oladi. Elektr qozonga nisbatan tejamkorlik 4–5 barobar, gaz qozoniga nisbatan esa tarifga bog'liq — hisob-kitobni obyektingiz maydoni va izolyatsiyasi asosida bepul tayyorlab beramiz.
Taxminiy hisob: yaxshi izolyatsiyalangan uy uchun har 10 m² ga 1 kVt. Ya'ni 150 m² uyga taxminan 15–16 kVt. Aniq quvvat devor materiali, deraza maydoni, shift balandligi va issiq suv ehtiyojiga bog'liq — muhandisimiz obyektni ko'rib hisoblab beradi.
Ha. R290 modellari suvni 75 °C gacha isitadi — bu an'anaviy radiator tizimlari uchun yetarli. Issiq pol tizimida esa 35 °C rejimi ishlatiladi va bu holda tejamkorlik yanada yuqori bo'ladi.
Qurilmani o'zimiz yetkazib beramiz va to'liq o'rnatib, ishga tushirib beramiz. Kafolat va keyingi servis xizmati ta'minlanadi — shartlar model va obyektga qarab belgilanadi.
Bufer bak shart emas, lekin tavsiya etiladi: u kompressorning tez-tez yoqilib-o'chishini kamaytiradi va uskuna xizmat muddatini uzaytiradi. Issiq suv uchun esa kosvenniy boyler yoki alohida issiqlik nasosli suv isitkich kerak bo'ladi.
12–18 kVt modellar bir fazali 220–240 V tarmoqda ishlaydi, 18 kVt dan yuqori modellar uchun uch fazali 380–415 V kerak. Aniq talab tanlangan modelning texnik xususiyatlarida ko'rsatilgan.
6 qatlamli antikorroziya qoplamasi va inverter texnologiyasi hisobiga uskuna uzoq xizmat qiladi. Bufer bak qo'shilsa, kompressor kamroq yoqiladi va resurs yanada uzayadi. Yiliga bir marta profilaktika ko'rigi tavsiya etiladi.
Ariza qoldiring — muhandisimiz bog'lanib, uyingiz yoki obyektingizga mos quvvatni va taxminiy narxni aytadi. Konsultatsiya bepul.